Saka: «Haligacha ishona olmayapman»

Londonning «Arsenal» klubi vingeri Bukayo Saka jamoaning Premer-ligadagi yaqinda qo'lga kiritgan zafari haqida fikr bildirdi. «Kanonirlar» «Manchester Siti» va «Bornmut» o'rtasidagi durang natijadan so'ng muddatidan oldin Angliya chempioniga aylanishdi.
«Men hali ham bunga ishona olmayapman. Emotsiyalar meni qamrab oldi — engillik, quvonch. Biz hali kubokka tegmadik, lekin yakshanba kuni uni boshimiz uzra baland ko'taramiz. Bu lahzani intizorlik bilan kutyapmiz», — dedi Saka klub kanaliga bergan intervyusida.
«Arsenal» 22 yil ichida ilk bor Premer-liga g'olibiga aylandi. Yakshanba kuni Mikel Arteta shogirdlari so'nggi tur doirasida safarda «Kristal Pelas»ga qarshi maydonga tushadilar.