Saka Chempionlar ligasida noyob natija qayd etdi

«Arsenal» vingeri Bukayo Saka Chempionlar ligasining ikkita turli yarim final bosqichida gol urgan to'rtinchi ingliz futbolchisiga aylandi.
Angliya terma jamoasining 24 yoshli a'zosi «Atletiko»ga qarshi kechgan yarim final javob uchrashuvining 44-daqiqasida hisobni ochdi (1:0, birinchi o'yin – 1:1). O'tgan mavsumda Saka yarim final doirasida «PSJ» darvozasini ishg'ol qilgan edi.
Shu tariqa, Bukayo Ueyn Runi (2006/07, 2010/11), Frenk Lempard (2003/04, 2007/08) va Xarri Keynning (2023/24, 2025/26) natijasini takrorladi.