Londonning "Arsenal" klubi Chempionlar ligasi 4-turida safarda "Slaviya"ni yirik 3:0 hisobida mag'lub etdi.

O'yinda "kanonirlar"ning gollaridan biriga mualliflik qilgan Bukayo Saka jamoa tarixiga kirdi.

Opta xabariga ko'ra, 24 yoshli ingliz "Arsenal" tarixida EChLda ketma-ket 4 ta safar o'yinida gol urgan ilk futbolchiga aylandi. U "Sporting", "Real", "PSJ" va "Slaviya"ga qarshi o'yinlarda gol kiritgan.