Bukayo Saka "Arsenal"ning APLdagi 105ta golida ishtirok etdi.

24 yoshli vinger Angliya chempionatining 20-turida "Bornmut"ga qarshi o'yinda (3:2) Deklan Raysga assistentlik qildi.

Shu tariqa, "kanonirlar" safida Angliya chempionatidagi sermahsul harakatlari bo'yicha angliyalik futbolchi Sesk Fabregasga etib oldi. Faqat besh nafar futbolchida ko'proq: Terri Anri (249), Dennis Bergkamp (181), Robin van Persi (135), Ian Rayt (123) va Teo Uolkott (108).