Saka APLda 200 ta o'yinni asosiy tarkibda boshlagan eng yosh futbolchilar qatoriga kirdi

Bukayo Saka Premer-liga tarixida 200 ta o'yinni asosiy tarkibda boshlagan eng yosh futbolchilardan biriga aylandi. U ushbu natijaga 24 yoshu 239 kunligida erishdi. Hozirga kelib uning «Arsenal» safidagi yuqori diviziondagi o'yinlari soni 224 taga etgan.
Saka APLdagi jami 224 ta uchrashuvi bilan elita ro'yxatiga qo'shildi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha peshqadamlik Garet Barriga (24 yosh, 38 kun) tegishli bo'lsa, Saka Ueyn Runi (24 yosh, 76 kun) va Rio Ferdinanddan (24 yosh, 163 kun) keyingi o'rinni egallab turibdi.
Saka Premer-ligadagi debyutini 2019 yil 1 yanvarda «Fulxem» ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi g'alabada o'tkazgan edi. O'shanda u 17 yoshida bahs yakunida zaxiradan maydonga tushgan. Uning asosiy jamoadagi ilk qadamlari esa 2018 yil noyabr oyida Evropa miqyosidagi musobaqada, Ukrainaning «Vorskla Poltava» klubiga qarshi o'yinda boshlangan.