Saka: "Anri bugun menga yozdi"

"Arsenal" hujumkor yarim himoyachisi Bukayo Saka Chempionlar ligasi final uchrashuvi oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Sakaning so'zlariga ko'ra, unga klub afsonasi Terri Anri xabar yozgan.
"Terri Anri bugun menga yozdi. Unga nisbatan hurmatim juda baland. U: "Umid qilamanki, hammasi joyida. Men ochiq mashg'ulotda bo'laman", deb yozdi. "Arsenal"dagi yo'lim etti yoshimda boshlangan. Men klub bilan allaqachon Premer-ligada g'olib chiqdim, ertaga esa Chempionlar ligasini yutishim mumkin. Men o'zim sevadigan klub tarixiga o'z ismimni yozib qo'ymoqchiman. Final taqdiri alohida epizodlar va qaysi jamoa yaxshiroq tashkil etilgani bilan hal bo'ladi", – dedi Saka jurnalistlarga.
"Arsenal" Chempionlar ligasi finalida faqat bir marta – 2006 yilda o'ynagan. O'shanda londonliklar "Barselona"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishgandi. Terri Anri o'shanda butun o'yin davomida maydonda bo'lgan.