Qilichbozlik bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Hindistonda bo'lib o'tayotgan Osiyo chempionatida yana bir bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Ayollar o'rtasidagi jamoaviy sablya dasturida ishtirok etgan yurtimiz vakillari yarim finalda Janubiy Koreya terma jamoasiga imkoniyatni boy berishdi va bronza medallari bilan taqdirlanishdi. Musobaqada Zaynab Dayibekova, Gulistan Perdiebaeva, Fernanda Errera hamda Ayaqo'z Juma­mura­tova yurtimiz sharafini himoya qilishdi.

Qayd etish joiz, musobaqa davomida Osiyo qilichbozlik konfederatsiyasi tomonidan 2024/2025 yilgi mavsum laureatlari ham taqdirlanishdi. Unda hamyurtimiz Dilorom Turdiqulova shpaga dasturida eng yaxshi hakam deb topildi.

Manba: Stadion.uz