Markaziy himoyachi Antonio Ryudigerning "Real" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunlangach o'z nihoyasiga etadi.

Shartnoma muddati tugaydigan vaqtda futbolchi 33 yoshga to'ladi va OAVda uning ketishi haqida tez-tez gap-so'zlar yurmoqda. Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, mish-mishlarga qaramay, "Real" hozircha germaniyalik futbolchining kelajagi borasida biror qarorga kelmagan.

Antonio Ryudiger 2022 yilning yozidan beri "qaymoqranglilar" sharafini himoya qilmoqda.