Ryudiger: "Xulq-atvorim noto'g'ri bo'lganiga shubham yo'q"

Madridning “Real” klubi himoyachisi Antonio Ryudiger o'tgan mavsumda Ispaniya Kubogi finalidagi dahshatli voqeani esladi.
Nemis o'zini yo'qotib qo'ydi va maydonda hakam tomon otildi, shuningdek, hakam tomonga buyum uloqtirdi.
"Xulq-atvorim noto'g'ri bo'lganiga shubham yo'q. Bunga hech qanday bahona yo'q. Tasmani maydonga tashlab, keyin shunday o'zimni yo'qotish ahmoqlik edi.
Hozir mening xatti-harakatlarim ayniqsa diqqat bilan kuzatilayotganini tushunaman", – dedi Ryudiger.