Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger faoliyatini davom ettirish variantini aniqlab oldi.

Germaniyalik futbolchi faoliyatini yakunlashdan oldin Saudiya Arabistonida o'ynashni juda xohlaydi, deb yozadi Madrid Universal. 32 yoshli futbolchining istagi joriy mavsum yakunlanganidan so'ng amalga oshishi mumkin, chunki uning "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil iyun oyi oxirida tugaydi.

Antonio Ryudiger joriy mavsumda Xabi Alonso jamoasining ettita o'yinida ishtirok etdi. Himoyachining mashhur Transfermarkt portalidagi narxi - 12 mln evro. Mart oyida "Chelsi"ning sobiq yulduzi 33 yoshga to'ladi.