Germaniya milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger Yulian Nagelsmannning bosh murabbiylik lavozimidan bo'shatilgani borasida fikr bildirdi.

38 yoshli mutaxassis «Bundestim»ning Jahon chempionati — 2026dagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan so'ng iste'foga chiqdi.

«Ishonchingiz, ishga bo'lgan sadoqatingiz va professionalligingiz uchun rahmat, murabbiy! Keyingi faoliyatingizda sizga eng yaxshi tilaklarni tilab qolaman», — deb yozdi Madridning «Real» klubi futbolchisi ijtimoiy tarmoqlarda Nagelsmannga yo'llagan murojaatida.

Eslatib o'tamiz, Germaniya terma jamoasi JCh-2026ning 1/16 final bosqichida Paragvayga qarshi bahs olib bordi. Asosiy va qo'shimcha vaqtlarda 1:1 hisobi qayd etilgach, nemislar penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib, turnirni tark etishdi.

Manba: Stadion.uz