Ryudiger A Seriya grandi bilan muzokaralarni boshladi

Madridning «Real» klubida to'p surayotgan germaniyalik himoyachi Antonio Ryudiger La Ligani Italiya chempionatiga almashtirishi mumkin. Bu haqda Tuttosport jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, Turinning «Yuventus» klubi futbolchini o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. Tomonlar yozgi transfer bo'yicha dastlabki muzokaralarni boshlab yuborishgan. «Keksa sinora» Ryudiger bilan ikki yillik mehnat shartnomasi imzolashga tayyor.
Antonio va «qirollik klubi» o'rtasidagi amaldagi kelishuv muddati 2026 yilning yozida nihoyasiga etadi. Futbolchining bozor qiymati 9 million evroni tashkil etmoqda.
Joriy mavsumda himoyachi 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga bitta gol yozdirib qo'yishga ulgurdi.