Ruy Koshta: "Prestianni irqchi bo'lganida, "Benfika"da o'ynamasdi"

"Benfika" prezidenti Ruy Koshta jamoa forvardi Janluka Prestiannini irqchi deb hisoblamasligini aytdi.
Argentinalik futbolchi Chempionlar Ligasi o'yinida "Real" vingeri Vinisiusni "maymun" deb ataganlikda ayblanmoqda. UEFA avvalroq Prestiannini vaqtincha chetlatgandi.
- Siz Prestianni bilan gaplashdingizmi?
- Albatta. Prestianni irqchi emas, chunki u irqchi bo'lganida "Benfika"da o'ynamagan bo'lardi. "Benfika" tarkibida hech qachon irqchi futbolchilar bo'lmaydi", - dedi Ruy Koshta.