Rustam Qosimjonov — shaxmat bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi!

Xalqaro grossmeyster, 2004 yilgi FIDE jahon chempioni Rustam Qosimjonov O'zbekiston erkaklar milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.
Uning boshchiligidagi milliy jamoa oldida quyidagi vazifalar qo'yildi:
- xalqaro maydondagi barqaror natijalarni mustahkamlash.
- yoshlar uchun zamonaviy tayyorgarlik tizimini yo'lga qo'yish.
- jamoani yirik musobaqalarga sifatli tayyorlash.