Ruslan Abdullaevning professional boksdagi navbatdagi jangi sanasi va manzili ma'lum qilindi

Havaskorlar o'rtasida Jahon chempioni, hozirda professional boksda uchta jang o'tkazib, mag'lubiyatsiz harakat qilayotgan o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Ruslan Abdullaevning navbatdagi jangiga oid tafsilotlar ma'lum qilindi.
23 yoshli Abdullaev 2026-yil 16-yanvar kuni AQShning Kaliforniya shtati, Palm-Dezert shahrida bo'lib o'tadigan professional boks oqshomi doirasida ringga ko'tariladi. Mazkur turnir Golden Boy promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilmoqda.
Hozircha Ruslan Abdullaevning raqibi kim bo'lishi borasida ma'lumot berilmagan. Boks oqshomining markaziy jangi o'rta vazn toifasida amerikalik Aleksis Rocha va Meksika vakili Raul Kuriel o'rtasida bo'lib o'tadi.