Rus klublari kelasi mavsumda evrokuboklarda ishtirok etishi mumkin

Rossiya futbol jamoalari kelasi yildayoq xalqaro turnirlarda ishtirok etishlari mumkin bo'ladi. Bu haqda Mash Rossiya futbol ittifoqi (RFI) manbasiga tayanib xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, RFI evrokuboklarga qaytishiga ishonchi komil, chunki aksariyat davlatlar Rossiyaga munosabatini o'zgartirib, muzokaralarni boshlagan. Qaytish ehtimoli juda yuqori va RFI Rossiyaning yangi hududlaridan jamoalarning Ikkinchi ligaga qo'shilishi UEFA va FIFA bilan munosabatlarga ta'sir qilmaydi, deb hisoblamoqda. Tez orada chempionatda Donetskning "Shaxtyor" klubi ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, Luganskning "Zarya" va Xerson viloyatidan "Fregat" paydo bo'lishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Rossiya klublari va terma jamoalari 2022 yildan buyon xalqaro turnirlarda ishtirok etmayapti.