Runini "Barselona"dan olib ketishmoqchi

Portugaliyaning "Portu" klubi "Barselona" qanot vingeri Runi Bardjiga qiziqish bildirmoqda.
MD nashri xabariga ko'ra, "ajdarlar" 20 yoshli shvetsiyalik vingerni kelayotgan yozda sotib olishga harakat qiladi.
Transfermarkt portalida 10 million evroga baholanayotgan Bardjining amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan.
Joriy mavsumda jami 21 ta o'yinda 2 ta gol urib, 4 ta assist muallifi bo'lgan Runi hozirda jamoadan ketish niyatida emas.