Runi zamonaviy futboldagi simulyatsiyalarni keskin qoraladi

«Manchester Yunayted» va Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Ueyn Runi zamonaviy futboldagi simulyatsiyalardan g'azabda ekanligini bildirdi.
«Nima uchun har bir futbolchi maydonga yiqilaveradi? Bu firibgarlikmi? Biz o'ynagan vaqtlarda men jamoadoshlarimga: «Tur o'rningdan!» deb baqirardim. Chunki siz erda yotishni emas, futbol o'ynashni davom ettirishni xohlashingiz kerak», — dedi Runi The Overlap ko'rsatuvida.
Ueyn Runi faoliyati davomida «Everton», «Manchester Yunayted», «Di Si Yunayted» va «Derbi Kaunti» klublarida to'p surgan.