Runi: "Ronaldu bilan o'ynashni yaxshi ko'rardim"

Sobiq futbolchi Ueyn Runi bir paytlar "Manchester Yunayted"da birga o'ynagan Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
"Odamlar meni Ronalduni yomon ko'radi deb o'ylashadi. Lekin men uni yoqtiraman. Menimcha, u mutlaq daho - uning qilayotgan ishi aql bovar qilmaydigan narsa.
Menga Ronaldu yoqadi, men u bilan o'ynashni yaxshi ko'rardim. Odamlar biz qanchalik yaqin ekanimizni tushunmaydi.
Faqat Messini Ronaldudan ustunroq qo'yganim uchun odamlar Krishtianuni yoqtirmayman degan xulosaga kelishadi.