Runi nima uchun Slot "Liverpul"ga mos kelmasligini tushuntirdi

Mashhur ingliz sobiq futbolchisi Ueyn Runi "Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Angliyaga ko'chib o'tganidan keyingi debyut mavsumida niderlandiyalik mutaxassis "qizillar"ni Premer-liga chempionligiga boshlab kelgan edi, biroq joriy mavsum u qadar muvaffaqiyatli kechmayapti – jamoa 26 turdan keyin turnir jadvalida bor-yo'g'i oltinchi o'rinni egallab turibdi.
"Men Slot bilan bir necha bor uchrashganman va u yoqimli yigitga o'xshaydi. Lekin unda o'sha "Liverpul" aurasi bor deb o'ylamayman. Ehtimol, Yurgen Klopp davrining ta'siri sezilayotgandir – bunday davrdan keyin har qanday odamga qiyin bo'ladi", – deya Runining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda "The Anfield Buzz".
Arne Slotning shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.