Ueyn Runi "Manchester Yunayted"ning transfer siyosatini tanqid qildi.

"Manchester Yunayted"ning o'tgan yozgacha bo'lgan transfer siyosati dahshatli edi. Shunchaki mashhur nomlarni imzolashardi. Lukaku, Zlatan, Pogbani qarang - bular yaxshi o'yinchilar, ammo klub shunchaki yulduzlarni taklif qilib, ularga katta mablag' sarflardi.

Bu xatolarni tuzatish uchun biroz vaqt kerak bo'ladi", - dedi "MYu" sobiq forvardi.