Ueyn Runi nima uchun Xarri Maguayr Manchester derbisida maydonga tushmaganini tushunmayapti.

«Manchester Yunayted» APL 4-turida «Manchester Siti»ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. O'yinni Leni Yoro, Matteys de Ligt va Lyuk Shou asosiy tarkibda boshlagan bo'lsa, Maguayr 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

"Xarri asosiy tarkibda bo'lishi kerak edi. Men Angliya terma jamoasida Maguayrni qanchalik sog'inishayotganini eshitdim, chunki u etakchi. "MYu"ga etakchilik etishmayapti", – dedi Runi.