Yakshanba kuni "Manchester Yunayted" sensatsion tarzda "Liverpul"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Ueyn Runi "qizil iblislar" himoyachisi Xarri Maguayr haqida gapirdi.

"Bilasizmi, men Xarri boshidan kechirgan voqealarga dosh bera olmasdim. U ko'p yillar davomida memlarning bosh qahramoni bo'ldi! Men hatto Afrikadagi ba'zi bir parlamentda unga nisbatan hazillar qilinganini ko'rganman.

Uning ismi ko'pincha masxara kontekstida tilga olinadi. Biroq u hammasidan omon chiqdi. Bu uning naqadar aql bovar qilmaydigan darajada kuchli shaxs ekanligini ko'rsatadi", – dedi Runi.