Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ueyn Runi "Liverpul" hujumchisi Ugo Ekitikening "Sautgempton"ga (2:1) qarshi o'yinda maydondan chetlatilganiga izoh berdi.

Frantsiyalik hujumchi Angliya liga kubogi bahsida g'alaba golini urdi va keyin futbolkasini echib, uni nishonladi.

Buning uchun u ikkinchi sariq kartochka oldi. "U goldan keyin his-tuyg'ularga berilib ketdi va u qilgan ishidan afsuslansa kerak.

Men buni ma'qullamayman, chunki bu, albatta, ahmoqona harakat edi", - dedi Runi.