Runi Keynning kuchli tomonlarini qayd etdi

"Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ueyn Runi "Bavariya" hujumchisi Xarri Keynning o'yiniga yuqori baho berdi.
"U aqlli yigit. Xarri o'zining hech qachon eng tezkor bo'lmaganini biladi, menimcha, u tezligini biroz yo'qotgan.
U ko'plab chiroyli gollarning muallifi, shuning bilan birga, o'z pozitsiyasini aniqlashda ham aqlli", - dedi Runi Rio Ferdinandning podkastida.