Runi JCh-2026 uchrashuvidagi dubldan so'ng Mbappe haqida fikr bildirdi

Kilian Mbappe Senegalga qarshi jahon chempionati o'yinida dubl qayd etdi. Frantsiya terma jamoasi 3:1 hisobida g'alaba qozondi. O'tmishning mashhur futbolchisi Ueyn Runi frantsuzlar sardori haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Mbappe — haqiqiy superyulduz. Men tanaffusda ham aytgandim, hujumchi sifatida sening omading kelgan, chunki xuddi u kabi birinchi bo'limdagi omadsiz 45 daqiqani o'tkazib, keyin maydonga tushib, ikkinchi bo'limni bunday darajada o'tkazishing mumkin. U shunchaki aql bovar qilmas futbolchi. Ushbu turnir davomida u jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylanishiga hech qanday shak-shubha yo'q», — dedi Runi BBC One efirida.
Kilian Mbappe jahon chempionatlarida 14 ta gol urdi. Rekord esa Miroslav Klozega tegishli — germaniyalik hujumchi mundiallarda 16 bor raqiblar darvozasini ishg'ol etgan.