Runi eng mashhur stadionni aytdi

"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi o'zi o'ynagan eng yaxshi stadionni tanladi.
Angliyalik futbolchi faoliyatining ko'p qismini "Old Trafford"da o'tkazdi, ammo raqib stadionlari haqida gap ketganda, u "Real Madrid"ning uy stadionini afzal ko'rdi.
"Men o'ynagan eng mashhur stadionmi? Ehtimol, "Santyago Bernabeu". Menimcha, bu 2013 yilda "Real Madrid"ga qarshi o'yin bo'lgan", - dedi Runi.