Runi "Chelsi" tarkibidagi rotatsiya haqida: "Agar nimanidir o'zgartiraversang, futbolchilar norozi bo'ladi"

Ueyn Runi "Chelsi" tarkibining rotatsiyasi haqida gapirdi.
"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi "Chelsi" tarkibidagi o'zgarishlar haqida gapirdi.
London klubi bosh murabbiyi Entso Mareska Chempionlar ligasi doirasidagi "Qorabog'"ga (2:2) qarshi o'yinda asosiy tarkibda 7ta o'zgarish amalga oshirdi.
"Futbolchilar o'ynashni xohlashadi. Agar biror narsani o'zgartiraversangiz va o'zgartiraversangiz, o'yinchilar norozi bo'ladi. O'ylaymanki, bu jamoaga pand berishi mumkin.
Agar jamoa rotatsiya bilan natijalarga erishsa, unda savollar bo'lmaydi, agar ular bo'lmasa, unda savollar berish kerak.
Aksariyat klublarda etakchilar guruhi bor va shu guruh bilan borib, murabbiyga savol berish kerak", dedi Runi.