Runi Bellingemni Kin va Jerrardga qiyosladi

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi «uch sherlar» yarim himoyachisi Jud Bellingemning jahon chempionatidagi o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Vaziyat qiyinlashganda, jamoani bu holatdan olib chiqib ketish uchun Bellingem kabi futbolchi kerak bo'ladi. Bunday vaziyatlarda xayolga keladigan birinchi o'yinchilar — Stiven Jerrard, Roy Kin va Jud Bellingemdir», — deya Runining so'zlarini keltiradi BBC.
2026 yilgi jahon chempionatida Jud Bellingem Angliya terma jamoasi safida uchta o'yinda maydonga tushdi. Yarim himoyachi o'z hisobiga ikkita gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Shuningdek, u uchta o'yindan ikkitasida uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar