Runi "Aston Villa"ning chempion bo'lishiga ishonmaydi

Angliya terma jamoasi sobiq forvardi Ueyn Runi "Aston Villa"ning chempionlik uchun kurashdagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
«Realist bo'lish kerak. Unai Emeri mavsumni yomon boshlagan bo'lsa-da, aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirmoqda. Hozir ular vaziyatni to'g'riladi, ammo "Manchester Siti" yoki "Arsenal"dan yuqori o'rinni egallay olmaydi," - dedi Runi BBC Podcast podkastida.
O'tkazilgan 16 tur yakunlariga ko'ra, "Aston Villa" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 33 ochko jamg'argan holda uchinchi o'rinda bormoqda. Peshqadam "Arsenal" bilan oradagi farq atigi 3 ochkoni tashkil etmoqda.
Angliyaning amaldagi chempioni "Liverpul" hisoblanadi.