Runi Arteta qaysi holatda "Arsenal"dan iste'foga chiqarilishini taxmin qildi

O'tmishda mashhur bo'lgan futbolchi Ueyn Runi Mikel Arteta qaysi holatda "Arsenal" bosh murabbiyligidan bo'shatilishini taxmin qildi.
"Arsenal"ning tarkibi shundoq ham etarlicha yaxshi va jamoa cho'qqiga yaqinlashish imkonini bergan tajribaga ega. Endi ular g'alabaga tayyor. Agar ular bu mavsumda Premer-ligada g'olib chiqmasa, katta ehtimol bilan murabbiy o'zgarishini ko'ramiz," - dedi Runi The Wayne Rooney Show podkastida.
"Arsenal" 9 turda 22 ochko jamg'argan holda Premer-ligada peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi "Bornmut" esa "kanonirlar"dan 4 ochko ortda qolmoqda.