Ueyn Runi joriy Premer-liganing eng yaxshi futbolchilarini aytib o'tdi.

"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisidan eng yaxshi uch o'yinchini tanlash so'ralgan.

"Semeno. Menimcha, u "Bornmut" uchun ajoyib o'ynadi va o'tgan mavsumda ko'rsatgan formasini saqlab qoldi.

Men Brayan Mbemoni ham aytaman. U "Manchester Yunayted"da juda yaxshi harakat qilmoqda, garchi mavsum boshlanishi qiyin bo'lgan bo'lsa ham. Menimcha, u juda yaxshi.

Mening uchinchi tanlovim Viktor Dyokeresh bo'lishi mumkin. "Arsenal"ga bir necha yillardan beri "to'qqizlik" hujumchi kerak edi, endi esa Dyokeresh keldi. Uning ish ahloqi, qat'iyati, to'pni ushlab turish qobiliyati – hammasi yaxshi va u bir necha gol urdi.

Bular mening eng yaxshi uchtaligim" - dedi Runi Amazon Prime Video bilan suhbatda.