"Bavariya" kuzatuv kengashi a'zosi Karl-Xaynts Rummenigge Chempionlar ligasi chorak finali doirasida Madridning "Real" jamoasiga qarshi kechgan dastlabki o'yinda (2:1) darvozabon Manuel Noyerning ko'rsatgan o'yinini alohida e'tirof etdi.

"Darvozada haqiqiy gigant turdi. Men uchun Manuel Noyer — klubning so'nggi 15-20 yil ichidagi eng muhim transferidir.

Noyer bilan o'tgan shu 15 yil ichida futbolda yutish mumkin bo'lgan barcha sovrinlarni qo'lga kiritganimiz bejiz emas", — dedi Karl-Xaynts Rummenigge.

Eslatib o'tamiz, Noyer 2011 yilda "Shalke" klubidan "Bavariya"ga kelib qo'shilgan edi.