Rummenigge Keynning shartnomasi borasidagi rejalarni ochiqladi

Myunxenning «Bavariya» klubi kuzatuv kengashi a'zosi Karl-Xaynts Rummenigge jamoa to'purari Harri Keynning kelajagi borasida bayonot berdi. 32 yoshli hujumchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
«Harrining shartnomasida tovon puli haqidagi band borligi ma'lum edi. Biroq u ushbu bandni faollashtirmadi va Myunxenda qolishini aniq bildirdi. Endilikda klub sport departamenti mavsum yakunlanganidan so'ng u bilan amaldagi kelishuvni uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib boradi», — dedi Rummenigge T-Online nashriga bergan intervyusida.
Ayni damda Vensan Kompani boshchiligidagi «Bavariya» jamoasi Chempionlar ligasi doirasida «PSJ»ga qarshi kechadigan muhim bahsga tayyorgarlik ko'rmoqda. Ushbu uchrashuv bugun, 28 aprel kuni Parijda bo'lib o'tadi.
Kommentariyalar