"Bavariya" direktorlar kengashi a'zosi Karl-Xayns Rummenigge amalga oshmay qolgan transferlar borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Gap Florian Virts va Nik Voltamade haqida ketmoqda.

"Florian Virts bilan bo'lgan voqea meni hali ham qiynaydi. Unga "Liverpul"dan ko'ra "Bavariya"da bo'lish yaxshiroq edi. Biz ham Voltamadeni qo'lga kiritishimiz mumkin. Ammo "Bavariya" moliyaviy sarguzashtlarga aralashmaslik uchun etarlicha aqlli", - deya Rummeniggening so'zlarini keltiradi welt.de.

Voltamade shu yozda "Shtutgart"dan "Nyukasl"ga 85 million evro evaziga o'tgandi, Virts esa Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, "Bayer"ga 121 million evro bergan "Liverpul" tomonidan olindi.