Ruminiya klubi prezidenti 61 yoshida mamlakat kubogi o'yinida maydonga tushdi

Ruminiyaning "Senetatya Kluj" klubi prezidenti o'z jamoasining "Universitatya Krayova"ga qarshi o'yinida maydonga tushdi. Bu Ruminiya kubogi o'yinida yuz berdi, biroq, Aurelian Gisa jamoasi 4:1 hisobida mag'lub bo'ldi.
Prezident oxirgi daqiqalarda xotiralarni eslab, maydonga tushishga qaror qildi - 61 yoshida u Ruminiya professional futbolida rekord o'rnatdi. Jahon miqyosida bu rekord urugvaylik Roberto Karmonaga tegishli bo'lib, u 63 yoshda o'ynagan.
Qayd etish joizki, Gisa avvalroq maydonga tushishni yoqtirgan, ammo oxirgi marta u buni 2011 yilda Ruminiya kubogi doirasidagi "Styaua"ga qarshi o'yinda ham qilgan edi.