Jahon chempionati — 2026 yarim final uchrashuvida Ispaniya va Frantsiya terma jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi. «Qizil furiya» yarim himoyachisi Fabian Ruis bo'lajak bahsdan kutayotgan umidlari bilan o'rtoqlashdi.

«Frantsiya tarkibida men o'ynaydigan klubning ko'plab futbolchilari to'p suradi. Biz ushbu terma jamoaning darajasi qanday ekanligini juda yaxshi bilamiz. Juda shiddatli uchrashuv kutmoqdamiz. Bizda finalga chiqish uchun etarlicha yaxshi imkoniyatlar bor», — dedi yarim himoyachi Mundo Deportivo nashriga.

Eslatib o'tamiz, 1/4 finalda «qizil furiya» Belgiyani mag'lub etgandi (2:1), frantsuzlar esa Marokashdan ustun kelishgan (2:0).

Frantsiya — Ispaniya uchrashuvi seshanba kuni, 14 iyul kuni bo'lib o'tadi.

Manba: Stadion.uz