Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi portugaliyalik yarim himoyachisi Ruben Nevesh Angliya Premer-ligasi klublari qiziqishlari doirasidan joy oldi.

Taniqli jurnalist Ekrem Konurning ta'kidlashicha, 28 yoshli xavbekning APL klublaridan biriga transferi 20 million evro atrofida bo'lishi mumkin.

Nevesh "Al-Hilol" safida 2023 yilning yozidan buyon to'p tepib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda uchta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.

Neveshning jamoa bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yarmigacha mo'ljallangan.