Yarim himoyachi Ruben Nevesh "Al-Hilol" bilan yangi shartnoma imzoladi. U 2029 yilgacha mo'ljallangan.

Avvalroq, 29 yoshli futbolchi "Manchester Yunayted" yoki "Nyukasl"ga o'tishi mumkinligi aytilgandi. Ta'kidlanishicha, u Saudiya klubi bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan.

Shuningdek, portugaliyalikning "Real"da o'ynash istagi borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Al-Hilol" tarkibida Ruben beshta chempionlikni qo'lga kiritdi.