Portugaliya milliy terma jamoasi himoyachisi Ruben Diash JCh-2026 oldidan jamoaning motivatsiyasi haqida gapirib, Krishtianu Ronalduning o'rni xususida ham fikr bildirdi, deb xabar bermoqda Sports.kz.

Futbolchining ta'kidlashicha, jahon chempionati har qanday o'yinchi orzu qiladigan eng nufuzli musobaqa hisoblanadi. Portugaliya terma jamoasi uchun esa Ronaldu bilan birgalikda ushbu trofeyni qo'lga kiritish qo'shimcha rag'bat bo'lib xizmat qilmoqda.

«Jahon chempionati — har bir futbolchi yutishni orzu qiladigan turnir. Bu Krishtianu Ronaldu va Portugaliya futboliga etishmayotgan sovrin hisoblanadi. Shuning uchun bu biz uchun qo'shimcha motivatsiyadir.

Biz uchun Krishtianu Ronalduning orzusini ro'yobga chiqarishga yordam berish katta baxt bo'lar edi. Buni o'zimiz, butun Portugaliya va oilalarimiz uchun amalga oshirishni istaymiz.

Bu qo'shimcha bosim emas, aksincha, jahon chempionatida ishtirok etish va u erga g'alaba uchun borish istagimizni yanada kuchaytiradi», — dedi Diash.

Eslatib o'tamiz, Portugaliya terma jamoasi JCh–2026ning K guruhida O'zbekiston, Kongo DR va Kolumbiya terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

41 yoshli Krishtianu Ronaldu uchun bo'lajak mundial faoliyatidagi oltinchi jahon chempionati bo'ladi.

Manba: sports.kz