RPL. “Dinamo Maxachqala” sakkizinchi daqiqadayoq o'n kishi bo'lib qolgan “Rodina”ni mag'lub etdi, Mahamadjonov debyut qildi

Bahsda mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchishdi. Gollarga Gamid Agalarov (51-daqiqa) va Hussem Mrezige (64) mualliflik qildi. Qayd etish kerakki, “Rodina” 8-daqiqadayoq German Onugxaning chetlatishidan so'ng bir kishi kam bo'lib qoldi.
Yaqinda maxachqalaliklar safiga o'tgan o'zbekistonlik himoyachi Mahmud Mahamadjonov 38-daqiqada maydonga chiqdi va bahs so'nggiga qadar harakat qildi.


Kommentariyalar