Marko Roys Lukas Podolski media ligasidagi Legacy Ballers klubi prezidenti etib tayinlandi.

MLSda "Los-Anjeles Gelaksi"da to'p tepayotgan 34 yoshli germaniyalik yarim himoyachi o'zining professional faoliyatini media jamoasi boshqaruvi bilan birlashtiradi.

Roys Kristof Kramer, Maks Kruz va Kevin-Prins Boateng kabi yulduzlarga qo'shilib, liganing eng ko'zga ko'ringan prezidentlaridan biriga aylandi.

Ballers ligasi Evropadagi eng mashhur media-futbol loyihalaridan biri hisoblanadi.

Lukas Podolski va Mats Hummels tomonidan asos solingan Germaniya ligasi o'ziga xos qoidalarga ega, unda har bir jamoada oltita o'yinchi o'ynaydi.