"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Roy Kin sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronalduning muvaffaqiyatlari haqida fikr bildirdi.

Seshanba kuni 40 yoshli forvard JCh-2026 saralashidan o'rin olgan Vengriyaga (2:2) qarshi o'yinda dubl qayd etdi. Portugaliyalik futbolchi jahon chempionati saralashida eng ko'p gol urish bo'yicha jahon rekordini yangiladi (41). "An-Nasr" yulduzi terma jamoa safida jami 225 ta o'yin o'tkazib, 143 ta gol urgan - bu ham rekord ko'rsatkich.

"U pressing qilyaptimi? U raqibga bosim o'tkazyaptimi? Menga uning qancha gol urgani ahamiyatsiz, axir u bosim o'tkazishi kerak - shundagina men undan mamnun bo'laman," - deya kinoya qildi Kin Ronalduning aql bovar qilmas yutuqlari haqida.

"MYu"ga ikkinchi marta kelganida, Krishtianu pressingda etarlicha harakat qilmagani uchun tez-tez tanqidga uchragan va Erik ten Xag davrida jamoadagi o'rnini yo'qotgan.