Roy Kin: «Norvegiya allaqachon pley-off haqida o'ylayotgan edi»

«Manchester Yunayted»ning sobiq sardori Roy Kin JCh-2026 guruh bosqichining so'nggi turida Frantsiya terma jamoasining Norvegiya ustidan qozonilgan g'alabasidan (4:1) keyingi o'yinini baholadi.
«Biz bu haqda o'yindan oldin ham gapirgan edik — Norvegiya allaqachon pley-offdagi bo'lajak o'yin haqida o'ylayotgan edi. Frantsiya esa, ayniqsa hujumda, o'z klassini to'liq namoyish etdi. Norvegiyaliklar taslim bo'lishmadi va bir nechta yaxshi vaziyatlar yaratishdi, ammo Frantsiya terma jamoasining hujumkor futbolchilariga dosh bera olishmadi», — deya Kinning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda BBC.
Eslatib o'tamiz, Frantsiya terma jamoasi guruh bosqichini yuz foizlik natija bilan yakunlab, to'qqiz ochko jamg'ardi. Norvegiya guruhda ikkinchi o'rinni saqlab qoldi va u ham JCh-2026 pley-off bosqichiga yo'l oldi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar