Roy Kin «Manchester Yunayted»ga Levandovskini sotib olishni maslahat berdi

«Manchester Yunayted»ning sobiq sardori Roy Kin hujumchi Robert Levandovskining «Barselona»dan ketishi borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Uning «Barselona»ni tark etish qarori futboldan ko'ra ko'proq klubning moliyaviy holati bilan bog'liqligi ko'rinib turibdi. U hali ham dunyodagi eng yaxshi «to'qqizlik»lardan biri va «Manchester Yunayted» tarkibini Chempionlar Ligasi uchun kuchaytira olgan bo'lardi. «Barselona» moliyaviy inqirozda va unga maosh to'lay olmaydi», — dedi Kin «Sky Sports»ga bergan intervyusida.
Joriy mavsumda Robert Levandovski «Barselona» safida barcha turnirlarda 44 ta o'yin o'tkazib, 18 ta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.