Roy Kin: «Manchester Yunayted» Chempionlar ligasi yo'llanmasini naqd qildi»

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Roy Kin jamoa Chempionlar ligasi yo'llanmasini endi qo'ldan chiqarmaydi deb hisoblaydi.
Yakshanba kuni «qizil iblislar» o'z maydonida asosiy raqobatchilaridan biri — «Aston Villa»ni mag'lub etdi (3:1). Maykl Kerrik shogirdlari 30-turdan so'ng birmingemliklarni uch ochkoga ortda qoldirgan holda, uchinchi pog'onadagi o'rnini mustahkamlab oldi.
«Ha, menimcha, Chempionlar ligasidagi o'rin allaqachon kafolatlangan. Hech qanday chalg'ituvchi omillar yo'q: bor e'tiborni chempionatga qaratish imkoniyati mavjud, tiklanish uchun vaqt etarli. «Aston Villa» ancha sust ko'rindi, «MYu» esa ikkinchi bo'limda o'zini qulay his qildi», — dedi Kin Sky Sports efirida o'yin haqida gapirar ekan.
20 mart kuni «Manchester Yunayted» safarda «Bornmut»ga qarshi maydonga tushadi.