Roy Kin: "Bu fikrlar o'zimda qolganidan xursandman"

"Manchester Yunayted"ning afsonaviy sobiq markaziy himoyachisi Roy Kin Florian Virts va Brunu Fernandeshning taqqoslanishiga munosabat bildirdi.
"Virts yoki Brunu? To'g'risini aytaman. "Al-Hilol" Brunu uchun 100 million taklif qilganda, shunday o'yladim: uni sotib, Virtsni "Liverpul"dan avval sotib olsak, masala hal bo'lardi. Bu fikrni o'z ichimda saqlaganimdan xursandman", - dedi Kin.
Eslatib o'tamiz, mersisaydliklar Virtsni "Bayer"dan 125 million evroga sotib olgan edi.