Roy Kin Amorimdan nega shubhalanayotganini aytdi

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Roy Kin jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorim haqida qanday fikrda ekanini aytdi.
Portugaliyalik mutaxassis "qizil iblislar" boshqaruvidagi ikkinchi mavsumini o'tkazmoqda. Ayni damda mankunianliklar Premer-liga turnir jadvalida ettinchi o'rinni egallab turibdi.
"Amorimga ishonchim komil emas. U to'liq mavsumoldi davrni o'tkazdi, unga yangi futbolchilar qo'shildi, jamoada evrokuboklar yo'q, ammo natijalar baribir yaxshi emas. Kutishda davom etamiz. Avvalgi savollar hech qaerga ketmadi. Gap kuchli to'rtlikka kirish haqida ketmoqda, ammo hozir ular bunga tayyor emas," - dedi Kin "Nyukasl"ga qarshi o'yin (1:0) boshlanishidan oldin Sky efirida.