Roten Dembele va Mbappe o'rtasida tanlov qildi

«PSJ» sobiq futbolchisi Jerom Roten parijliklar hujumchisi Usmon Dembele va ayni damda «Real» sharafini himoya qilayotgan Kilian Mbappe haqida gapirib, ulardan birini ustun qo'ydi.
«Dembele yoki Mbappe? Dembele. Menimcha, u maydondan tashqarida va kameralarsiz muloqot qilish uchun juda oddiy inson. Men ikkalasini ham taniyman, lekin menga Usmon ko'proq yoqadi. Bu Kilian yomon yoki men unga toqat qilolmayman degani emas, lekin u juda o'zgarib ketdi. Usmon «Oltin to'p»ni qo'lga kiritganidan keyin o'zi haqida juda yuqori fikrga borishi mumkin edi, lekin menimcha, u juda kamtar», — deya Rotenning so'zlarini keltirmoqda L’Equipe nashri.
2025/26 yilgi mavsumda Usmon Dembele «PSJ» safida barcha turnirlarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.