Rossiyalik sobiq murabbiy JChda O'zbekistonga muxlislik qilishini aytdi

Bir vaqtlar Moskvaning «Lokomotiv» klubi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan Yuriy Syomin bo'lajak jahon chempionatida qaysi terma jamoaga muxlislik qilishi haqidagi savolga javob berdi.
«O'zbeklar uchun qayg'uraman va ularni qo'llab-quvvatlayman. Ular bizning eng yaqin qo'shnilarimiz va do'stlarimizdir. Ular jahon chempionatlarida debyut qilishmoqda va guruhdan chiqish ular uchun katta muvaffaqiyat bo'ladi», — deya ekspertning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda «Sport-Ekspress».
O'zbekiston terma jamoasi mundialning guruh bosqichida Portugaliya, DR Kongo va Kolumbiya milliy jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar Shimoliy Amerikaning uchta davlati — AQSh, Meksika va Kanadada bo'lib o'tadi.